Yaponiya poytaxti Tokio shahrida joylashgan Narito xalqaro aeroportida “Panasonic” kompaniyasi tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan Hospi deb nomlanuvchi robotchalar yo`lovchilarga tez va sifatli xizmat ko`rsatmoqda...
Bu robotlarning afzalligi shundaki, ular nafaqat turli vazifalarni bajarishadi, balki biror voqea sodir bo`lganda birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun tezlik bilan zarur anjomlar va dori-darmonlarni ham etkazib beradi. Aslida bu turdagi robotlarning dizayni bir necha yil oldin ishlab chiqilgan, lekin bugun ular yanada takomillashtirilgan. Bu kabi robotlarning xotira kartasiga datchiklar o`rnatilgan bo`lib, ular qurilmaning mustaqil harakatlanishini ta`minlashga yordam beradi.
Yordamchilar yarim avtomatik va oflayn holatda ishlash xususiyatiga egaligi bilan boshqa robotlardan ajralib turadi. Robotlar yo`lovchilarga 3 tilda, ya`ni yapon, xitoy va ingliz tillarida xizmat ko`rsata olish imkoniyatiga ega. Hozirda ular sinovdan o`tkazilmoqda. Kompaniya tadqiqotchilaridan birining ta`kidlashicha, mazkur yordamchilar orqali ish sifatini yanada ko`tarish va yo`lovchilarga tez va sifatli xizmat ko`rsatish mumkin.






