Yaqin kelajakda o`ziyurar avtomobillar sanoati yanada rivojlanishi turgan gap. Las-Vegasda o`tkazilgan elektron mahsulotlar yarmarkasida mazkur turdagi avtomobilning so`nggi avlodi ishtirokchilar e`tiboriga havola qilindi...
— Yangi avlod avtomobilini nafaqat haydovchi haydashi, balki uni kompyuter orqali ham boshqarish mumkin. Biz avvalo vaqtlarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e`tibor qaratdik. Bu avtomobil barcha yo`l belgilari va boshqa turdagi yo`l qoidalariga amal qilgan holda harakatlanadi. Eng murakkab avtohalokat oldidan tez va oson qaror qabul qilib, avtohalokatning oldini oladi.
O`ylaymizki, yangi avlod avtomobili orqali ko`plab avtohalokatlarni hamda tartibbuzarliklarning oldini olish mumkin. Yaqin kelajakda bu kabi avtomobillar odamlarning vaqtlarini tejashda yordam beradi.
Yarmarkada katta qiziqishga sabab bo`lgan mazkur avtomobil yaqin kelajakda sotuvga chiqishi mumkin.