AsosiyDunyo

Nyu-Yorkda poezd halokati: 4 kishi halok bo`lgan

Nyu-Yorkda yuz bergan poezd halokatiga tormoz tizimining ishdan chiqishi sababchi bo`lishi mumkin. Bu haqda dastlabki tergov ma`lumotlari dalolat bermoqda.

Qayd etib o`tamiz, yakshanba kuni “Metro-North” kompaniyasiga tegishli poezd  Bronks hududidagi keskin burilishdan keyin relslardan chiqib ketgan. To`rtta vagon suv bo`yidagi jarlikka qulagan, yana uchtasi relslardan chiqib ketgan. 

So`nggima`lumotlarga ko`ra, 4 kishi halok bo`lgan, 67 tasi yaralangan, ularning  11 nafari og`ir ahvolda. Bundan oldin Nyu-York ma`muriyati poezd halokati qasddan qilingan jinoiy harakatlar yoki terrorchilik bilan bog`liq emasligini ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar