AsosiySUG'DIYONA

SOChINGIZNI BO`YaMOQChIMISIZ? TAVSIYaLARIMIZ SIZ UChUN

'SOChINGIZNI BO`YaMOQChIMISIZ? TAVSIYaLARIMIZ SIZ UChUN'ning rasmi

Soch rangini o`zgartirishdan avval bir necha qoidalarga e`tibor bering. Zotan, soch rangi o`zgarishi bilan tashqi ko`rinishingizda ham bir qator o`zgarishlar yuz beradi.

  • Agar yuz va tana terisi rangi to`qroq bo`lsa, sarg`ish va qoramtir ranglardan foylanmaganingiz ma`qul. Bunday ranglar yoshingizni kattalashtirib ko`rsatadi. Baqlajon, och jigarrang va yaltiroq tovlanuvchi ranglar esa sizga juda mos.
  • Tana terisi och rangli ayollar uchun qizg`ish rangli bo`yoqlar tavsiya etilmaydi. Mazkur ranglar sochni yuz ko`rinishidan ajratib ko`rsatadi. To`q jigarrang va yong`oq rangidagi bo`yoqlar esa tabiiy rangga yaqin bo`lib, sizni yanada jozibali qilib ko`rsatadi.
  • Olxo`ri, olcha yoki baqlajon rangini eslatuvchi bo`yoqlarni faqat mutaxassis bilan maslahatlashgan holda ishlating. Chunki mazkur ranglar yuz tuzilishiga jiddiy o`zgarishlar kiritishi mumkin.
  • Bordiyu sochingizni xina yoki bosmaga bo`yagan bo`lsangiz, boshqa rangga bo`yashdan avval kamida bir oy o`tgan bo`lishi kerak. Yo`qsa, bo`yoq rangi sochda to`g`ri tarqalmaydi.
  • Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar