AsosiyHi-tech

SPORTDAGI OLAMShUMUL KAShFIYoT

'SPORTDAGI OLAMShUMUL KAShFIYoT'ning rasmi

Robotlarning yangi asri boshlanganidan buyon insonlarning og`ir yuki engillashib bormoqda. Yaqinda yangi FORPHEUS deb nomlangan murabbiy robot (sport murabbiysi) yaratildi. FORPHEUS sport sohasida yaratilgan dastlabki robot bo`lganligi uchun “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritildi...

FORPHEUS roboti tajribadan o`tkazilganda aqlbovar qilmas natija berdi. Robot tennis murabbiysi sifatida 1 oy mobaynida kuzatildi va unga eng mushkul vazifalar yuklandi. FORPHEUS roboti bularni osonlik bilan engib o`tdi. Robot tezkor harakat qilish, ya`ni soniyasiga 80 tagacha harakatlanish va oldindan bashorat qilish imkoniyatiga ega. Bu hozircha eng tezkor robot bo`lib qolmoqda. Undan futbol murabbiysi sifatida ham foydalanish mumkinligi aytilmoqda.

Aleks REMAKS, robot yaratuvchilardan biri:

— Biz odamlar bilan robotlar o`rtasidagi aloqalarni me`yorlashtirish uchun yangi texnologiya zarur, deb o`yladik. Odamlar robotlar bilan do`stlashishlari va o`zaro muloqot qilishlari mumkin. Bu kashfiyotni esa yangi asrning olamshumul yangiligi, deya bemalol aytish mumkin. Bu robotdan yaqin kelajakda barcha foydalanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar