02.12.2013 16:44
“Sog`lom avlod uchun”dan navbatdagi hayriya tadbir
Tadbir “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ga bag`ishlangan bo`lib, uning doirasida nogironlar uchun maxsus nogironlik aravachalari va oyoq-kiyimlardan iborat sovg`alar topshirildi.
Taqdim etilgan nogironlik aravachalari AQShning “Ameri Kers” xalqaro tashkiloti tomonidan yuborilgan.
“Sog`lom avlod uchun” jamg`armasi muruvvat yo`nalishida xayriya tadbirlarini amalga oshirish, o`z Nizomi hamda Davlat Dasturlarining ijrosini ta`minlash maqsadida Respublikamizdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari, maxsus-maktab internatlari tarbiyalanuvchilarini qo`llab-quvvatlash uchun dori-darmon, tibbiyot jihozlari, san-gigiena vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat, nogironlik aravachalari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordamlarini topshirib kelmoqda.





