AsosiyHi-tech

ChIQINDILARDAN XALOS BO`LAMIZ!

'ChIQINDILARDAN XALOS BO`LAMIZ!'ning rasmi

Bugungi taraqqiyot asrida insoniyat oldida hal qilinishi kerak bo`lgan ko`plab muammolar to`planib qolmoqda. Ayniqsa, chiqindilar muammosi. Ko`plab davlatlarda chiqindilarni tashish, to`plash va qayta ishlash korxonalariga etkazib berish uchun davlat byudjetidan katta mablag`lar ajratiladi. Shunda ham chiqindilarni yo`llarda, odam gavjum joylarda to`planib yotganini ko`ramiz. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda bruklinlik olimlar “tetraBIN” deb nomlanmish yangi zamonaviy axlat chelagini yaratishga muyassar bo`lishdi...

Yangi turdagi axlat chelagi eng so`nggi texnologiyalardan oqilona foydalangan holda yaratildi. Yangi turdagi axlat chelagiga biror buyum qoldig`ini (chiqindini) tashlasangiz, uni o`rab turgan ekranda o`sha buyum qoldig`ining avvalgi (yangiligidagi) holati tasvirlanadi. Bu bilan siz axlat chelagiga tashlangan barcha buyumlarni chiqindilik holatini emas, balki yangi o`ramdagi tasvirini ko`rasiz. 2 oy mobaynida olib borilgan tajriba shuni ko`rsatdiki, Bruklinda yo`llarda va odam gavjum joylarda to`planib yotadigan chiqindilar umuman kuzatilmagan.

Masalan, yo`lda turgan chiqindini biror kishi ko`rib qolsa, darrov“tetraBIN”ga olib borib tashlagan va unga bu qandaydir zavq bag`ishlagan. Bu ixtiro barchada o`zgacha taassurot qoldirgan. Hattoki, uning yonida yosh bolalardan iborat navbat ham paydo bo`lgan. Ixtirochilarning ta`kidlashlaricha, “tetraBIN” yaqin kunlarda boshqa shaharlarga ham tarqatiladi va butun dunyo chiqindilardan xalos etiladi.

    Boshqa yangiliklar