Bugungi kunda ilm-fan qanchalik taraqqiy etmasin, insoniyat dushmani bo`lgan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, ya`ni OITSga haligacha da`vo topilganicha yo`q...
Lekin yaqinda Nyu-Yorkdagi (AQSh) Rokfeller universitetining professori Mixael Nussensvayg boshchiligidagi tadqiqotchi olimlar OITS va uning bir necha turlarining tarqalishiga qarshi 3BNC117 deb nomlanuvchi vaksina kashf etishga erishishdi. Ushbu vaksina OITS virusiga qarshi dastlabki vaksina hisoblanadi. U OITS virusiga qarshi kurashish bilan birga mazkur virusni batamom yo`qotishga ham xizmat qilishi aytilmoqda.
Olimlar mazkur vaksinani OITS virusi bilan kasallangan bemorlarning ixtiyorlariga binoan 1,5 yil davomida tajribadan o`tkazishdi. Tajribalar shuni ko`rsatdi-ki, bemorlarning barchasida virusning ko`payish jarayoni batamom to`xtagan. Olimlarning aytishlaricha, vaksina bemorlar organizmiga yuborilgandan so`ng 2 oy ichida etarli darajada ko`payib, virusga qarshi kurashishni boshlaydi.
Bundan tashqari, professor Mixael Nussensvayg boshchiligidagi tadqiqotchi olimlar 10-1074 deb nomlanuvchi xuddi 3BNC117 vaksinasiga o`xshash yangi vaksina yaratishganini aytishmoqda. Olimlar mazkur ikki vaksinani birlashtirish orqali OITS virusiga qarshi da`vo muddatini yanada tezlashtirish mumkin, deya aytishmoqda. Bu tajriba 6 hafta davomida maymunlarda sinab ko`rildi va olamshumul ajoyib natijaga erishildi. Mazkur olamshumul tadqiqot natijalari yaqin kunlarda dunyo OAVda batafsil e`lon qilinishi aytilmoqda.






