Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda qo`l telefoni yoki noutbukdan foydalanmaydigan odam bo`lmasa kerak. Biroq, eng zamonaviy gadjetlarning ham bitta “minus”i bor. U ham bo`lsa, gadjetlarning quvvati birpasda tugab qolishi. Zamonaviy gadjetlardagi akkumulyatorlar uzoq muddat davomida ishlashi ko`p jihatdan o`zimizga bog`liq. Bunda ularni to`g`ri quvvatlantirish o`ta muhim. Quyida ana shu xususda tavsiyalar beramiz...
Qurilmani muntazam ravishda quvvatlantirib turing Gadjet akkumulyatori quvvati to`laligicha tugab qolmasin. Litiy-ion akkumulyatorlarda xotira effekti mavjud emas, shuning uchun ham ular to`laligicha o`chib ulgurmasidanoq qayta quvvatlantirish zarur. Agar qurilmangiz akkumulyatori uzoq muddat sizga beminnat xizmat qilishini istasangiz, ularni 10-20 foizdan kamroq quvvati qolganida quvvatlantirishga qo`yin
Qurilmani o`z vaqtida quvvat-lantirgichdan uzing
Gadjetingiz akkumulyator quvvati 50-80 foiz bo`lsa, undan bemalol foydalanishda davom etishingiz mumkin. Gadjet sizga uzoq muddat xizmat qiladi. Agarda akkumulyator 100 foiz quvvatlangan bo`lsa, uni o`z vaqtida elektr tokidan uzing. Bu amal batareyaning uzoq muddat buzilmasligiga kafolat beradi. Ko`pchilik telefoni yoki noutbukini kechasi quvvatlantirishga qo`yib qo`yadi. Bu noto`g`ri.
Bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to`laligicha ishlating va 100 foizga to`ldiring
Uzoq muddat telefondagi to`liq quvvat saqlanib turishi ham litiy-ionli akkumulyatorlar uchun zararlidir. Har doim 0% gacha tushib ketadigan quvvat ham xuddi shunday zarar keltiradi. Quvvatlantirish jarayonining betartibligi(rozetkadan quvvatlantirish, USB vositasida quvvatlantirish) sabab, mutaxascislar bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to`liq ishlatib, uni 100% quvvatlantirishni tavsiya qiladi.
Original quvvatlantiruvchi moslamadan foydalaning
Quvvatlantiruvchi moslama bevosita mobil telefonning ichida joylashganini, tashqi quvvatlantiruvchi uskuna esa maishiy elektr tarmoqdagi tokni unga to`g`rilab turishini ko`pchilik bilmasa kerak. Ya`ni quvvatlantiruvchi uskuna to`g`ridan-to`g`ri batareyaga ta`sir o`tkazmaydi.
Ayrim gadjetlar, masalan, fotokameralar ichki quvvatlantiruvchi uskunaga ega bo`lmaydi. Shuning uchun ham ularning litiy-ionli akkumulyatorlaritashqi quvvatlantiruvchi moslamaga o`rnatilgan bo`ladi. Mana shunday hollarda qalbaki quvvatlantiruvchi moslamadan foydalanish gadjet batareyasi ish faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Batareya qizib ketishiga yo`l qo`ymang
Litiy-ionli batareyalarning eng ashaddiy dushmani yuqori harorat hisoblanadi. Qizib ketishni ular aslo ko`tara olmaydi. Shuning uchun ham mobil uskunalarga quyosh nurlari to`g`ridan-to`g`ri tushishiga yo`l qo`ymang. Shuningdek, telefoningizni isitish tizimidan ham uzoqroqqa qo`ying. Litiy-ionli akkumulyatorlarni ishlatish mumkin bo`lgan maksimal havo harorati-40 °C darajadan +50 darajagacha.