AsosiySUG'DIYONA
5924

YuRAGINGIZ BEZOVTA QILSA, DO`LANA ENG!

'YuRAGINGIZ BEZOVTA QILSA, DO`LANA ENG!'ning rasmi

Foydali xususiyatlari:

  • toliqishda;
  • aqliy horg`inlikda;
  • uyqusizlikda;
  • yurak atrofidagi og`riqlar bezovta qilsa;
  • uzoqni xira ko`rishda;
  • asabni tinchlantirishda foydali.

Nojo`ya ta`siri: do`lana mevasini me`yorda iste`mol qilish kerak. Ortiqcha miqdori buyrakka zarar bo`lib, oshqozon-ichakni zaiflashtiradi, umumiy holsizlik, lanjlikni keltirib chiqaradi. Do`lana damlamasi yoki qaynatmasini och qoringa ichilmaydi. Ketidan muzdak suv ichish µam mumkin emas. Ayniqsa, oshqozon sohasida muammosi borlar uchun bu juda muhim.

Resept: 20 gr. do`lana mevasini 200 ml. qaynoq suvga solib, past olovda 15 daqiqa qaynatib, sovutiladi. Qaynatmadan 50-100 gr. dan kuniga 2-3 mahal ichiladi. Bu resept yurak atrofida og`riq paydo bo`lganda, asabni tinchlantirishda va qon bosimi ko`tarilganda foydali.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar