— Bo`yin osteoxondrozidan aziyat chekaman. Bu noxush kasallik rivojlangan davrida qanday davolash mumkin?
T.Qodirov, Toshkent shahri
Munira ALIEVA, shifokor-nevropotolog:
— Osteoxondroz uchun beldagi og`riq bu tabiiy hol. Hozirda bo`yin osteoxondrozi kasalligi eng ko`p tarqalgan kasallikdir.
Osteoxondroz kasalligining xususiyatlari:
Bo`yin osteoxondrozi bel va ko`krak osteoxondrozidan bir qancha farq qiladi. Umurtqaning bo`yin qismidagi pog`onalari tuzilishining o`zi har xil bo`lib, ular belning boshqa qismidagi pog`onalardan kichikroq bo`ladi. Bo`yin, umurtqa pog`onaning eng harakatchan qismi bo`lib, u boshni tutib turgani sababli doim og`irlik tushadi.
Bundan tashqari, tananing bo`yin qismida bir qancha asab tomirlari hamda umurtqa arteriyasi o`tadi. Uning vazifasi orqa miya qon tomirlarini, uzunchoq miyani qon bilan ta`minlash. Umurtqa arteriyasi bosilganda bel va bosh miya ishemiyasi sodir bo`lishi mumkin va insultga olib kelish ehtimoli bor. Tanadagi harakatning o`zgarishi, bosh aylanishi, ko`zning xiralashishi va eshitish qobiliyatining susayishi arteriyaning shikastlanganligidan dalolat beradi.
Shikastlangan to`qimalar hajmining ko`pligi va ish funksiyasining sezilarli pasayishi umurtqaning bo`yin qismidagi orqa miya ezilganligidan darak beradi va osteofitlar paydo bo`ladi. Yuzaga kelgan osteofitlar muammoni yanada chuqurlashtiradi. Bo`yin osteoxondrozi shishish va asab ildizining yallig`lanishiga olib keluvchi umurtqa pog`onasi grijasi va protruziyasiga olib keladi. Buning oqibatida yallig`langan ildiz butun umurtqa pog`onasi kanalini egallaydi va kasallik belgisi — og`riq paydo bo`ladi.
Davolashni qachon boshlash kerak?
Bu kasallikni uy sharoitida davolash noto`g`ri qaror bo`lib, yomon okibatlarga olib kelishi mumkin. Bu kasallikdan xalos bo`lish uchun shifokorga murojaat qiling. Kasallik erta aniqlangandagina davolash samarali kechadi. Kasallik kech aniqlanganda davolanishning asosiy maqsadi og`riqdan xalos bo`lishga qaratiladi.