AsosiySUG'DIYONA

BEHZOD MUHAMMADKARIMOVDAN BALIQLI TAOM

'BEHZOD MUHAMMADKARIMOVDAN BALIQLI TAOM'ning rasmi

"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining mehmoni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Behzod MUHAMMADKARIMOV. Aktyor yarim yil dengiz mahsulotlaridan taom pishirish bo`yicha tajriba orttirgani bois gazetxonlarga ham shu mahsulotdan maxsus taom tayyorladi. Uning mahoratiga hatto, «Palet» restoraning oshpazi Nodir ARIPOV ham tan berdi...

Taom uchun zarur masalliqlar:

  • 50 gr. losos balig`i ( yoki istalgan baliq ),
  • 3 dona krevetka,
  • 20 gr. zaytun yog`i (yoki kungaboqar yog`i),
  • Salat bargi – yashil va qizili, aysberg, rukkola,
  • Tuz, murch.

Sous uchun zarur masalliqlar:

  • 2-3 dona konservalangan mango mevasi,
  • 30 gr. yumshoq pishloq.

Bezak uchun zarur masalliqlar:

  • Yarimtaapelsin,
  • 4 dona cherri pomidori,
  • 4 dona zaytun donachalari,
  • Tayyor qora balzamik sousi.

Taom tayyorlanishi:

Baliq to`rtburchak shaklda to`g`raladi.

Krevetka ko`ndalangiga kesiladi.

Ikkalasiga ham tuz, murch sepib, marinadlanadi.

So`ng baliqni unga botirib (yo`qsa, baliq tovaga yopishib qoladi), zaytun yog`ida qovurib olinadi.

Ustiga krevetka solinadi, u 2 daqiqada pishadi.

Sous tayyorlanishi:

Konservalangan mango bilan yumshoq pishloqni blenderda sous holatiga keltirib olinadi.

So`ng masalliq elakchadan o`tkaziladi, shunda mangoning po`stloq qismi sousga tushmaydi.

Bezak tayyorlanishi:

Ko`katlar qo`lda o`rtacha kattalikda bo`lib chiqiladi.

Pichoqda kesilsa, qizarib qoladi. Taom suzadigan likopchangizga blenderda tayyorlangan sous aralashtirilgan ko`katlar solinadi. Atrofiga to`rtburchak shaklda kesilgan apelsin, ikkiga bo`lingan cherri pomidori, zaytun donachalari va taom solib bezatiladi. Ustiga tayyor qora balzamik sousi ham quyiladi.


AKTYoRDAN FOYDALI MASLAHATLAR

MAHSULOTLARNI SAQLASh:

  • Kartoshka va piyozni birga saqlamang. Yo`qsa, o`zaro reaksiyaga kirishib, piyoz yaroqsiz holga keladi. Kartoshkani qorong`u erda asrang.
  • Pomidorni muzlatgichga qo`ysangiz, yumshab foydali xususiyatlarini yo`qotadi. Yorug` joyda saqlasangiz tez etiladi. Eng yaxshi usul – qorong`u erda, xona haroratida saqlash.
  • Ziravorlarni muzlatgichda saqlamang. Bo`lmasa, namlik va sovuq sabab ta`mi o`zgaradi.
  • Yashil ranglisi – suyaklarni mustahkamlaydi.
  • Olov ranglisi – immunitetni ko`taradi va ko`rish qobiliyatingizni oshiradi.
  • Qizil ranglisi – qarilik va saratonning oldini oladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar