AsosiySUG'DIYONA
5485

DOIM SOG`LOM BO`LAY DESANGIZ...

'DOIM SOG`LOM BO`LAY DESANGIZ...'ning rasmi

1. Atrofingizdagilarni unutmang! Yo`talganda yoki aksirganda og`zingizni ro`molcha bilan bekiting. Biroz shamollagan bo`lsangiz ham, maxsus doka niqob taqib yurishni kanda qilmang. Bu kabi infeksion kasalliklar havo-tomchi yo`li orqali yuqadi. Yo`talganda yoki aksirganda virus 10 metr uzoqlikka ham etib borishi mumkin.

2. Ko`proq suyuqlik iching! Organizmni toksinlardan tozalash uchun kuniga 2 litr suyuqlik ichish lozim. Suyuqlik tanani namlik bilan ta`minlaydi va sog`ayishga halal berayotgan toksinlarni haydaydi.

3. Vitaminlar qabul qiling! Kuz va bahor mavsumida vitaminlar qabul qilish bilan birgalikda, meva-sabzavotlardan ko`proq eng. Qizil, sariq rangli sabzavot va mevalar viruslarning dushmani bo`lgan S vitaminiga boy.

4. Hammom. Bug`li hammomda 80 darajali haroratda shamollash viruslari nobud bo`ladi.

5. Qatiq iching! Kuniga bir stakan qatiq iching. Bu shamollash kasalliklariga chalinish xavfini 25 foizga kamaytiradi. Qatiq tarkibidagi foydali bakteriyalar infeksiyalarga qarshi kurashuvchi moddalarni ishlab chiqaradi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar