Jahon chempionatining rasmiy to`pi tanishtirildi (foto)

Sport 04.12.2013, 14:27
Jahon chempionatining rasmiy to`pi tanishtirildi (foto)
Kecha Rio-de-Janeyroda 2014 yil Braziliyada o`tadigan futbol bo`yicha Jahon chempionati to`pining rasmiy taqdimoti bo`lib o`tdi.

Brazuca deb nomlangan yangi to`p Braziliyaning "Fluminense" klubi hujumchisi Fred
tomonidan namoyish etilgan. Ishlab chiqariuvchi firma esa ushbu to`pning nusxalari Braziliyaning jahon chempionati o`yinlari o`tkaziladigan 12 ta shahrida 3 dekabr
kuni tug`ilgan barcha bolalarga sovg`a qilinar ekan.

To`pni nomlash borasida o`tgan yili umummilliy ovoz berishlar o`tkazilib, unda 78 foiz aholi Brazuca nomini tanlashgandi.

Eslatib o`tamiz, jahon chempionatlari 1970 yildan boshlab o`zining maxsus to`plariga ega bo`lib kelmoqda. 2010 yil JARda o`tgan mundialda Jabulani to`plarida o`ynalgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1