«NIKOHING YO`Q – HUQUQING YO`Q?!»
Ayrim sabablarni deb, ota uyimdaman. Erimning uyidagilari «Yashatmaymiz» deyishayapti. Qaynsingillarim ko`chimni ham keltirib tashlashdi. «ZAGS»im yo`qligi uchun tilim qisiq. Endi nima qilishni ham bilmayapman. Qonuniy nikohimiz yo`qligi bolalarimni biror haq-huquqdan mahrum etishi mumkinmi? Kelin bo`lib tushgan xonadonimga kiritib qo`yishlari uchun qaerga murojaat qilay?
Mahliyo Dadaboeva, Marg`ilon shahri
Nikohingiz qayd etilmagan bo`lsada, siz eringizning turmush o`rtog`i sifatida yashab kelgan nizoli uyga kiritilishingiz bilan oila a`zosi sifatida foydalanish huquqiga ega bo`lgansiz. Nikohingiz qayd ettirilmagan bo`lishiga qaramay uyga kiritish masalasida, nizoli uy joylashgan hudud bo`yicha fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






