1

QON QUYuLIShI – XAVFLI!

Salomatlik 06.10.2017, 09:11
QON QUYuLIShI – XAVFLI!

Yoshim 61da. 2-guruh nogironiman. Qonim quyilgan, shu sabab o`zimni doim behol sezaman. Bu nima sababdan ro`y beradi va davosi qanday?

Shoira SALIMOVA, Namangan viloyati

Odatda, qon quyuqlashgani haqida shifokordan eshitamiz. Ungacha bemor bosh og`rig`i, tushkunlik, xotira pasayishi kabi belgilardan shikoyat qilib yuraveradi. Tashhis to`g`riligini qon tahlillari tasdiqlagach, o`z vaqtida davolanish zarur. Aks holda, hayotingizga depressiya, qonda tromb yig`ilishi va yurak kasalliklarni chaqirgan bo`lasiz. Xo`sh, aslida ham qon quyilishining sabablari nima? Mavzu yuzasidan ichki kasalliklar shifokori Nigora AHMEDOVA ma`lumot beradi.

SABABI – HAYoT TARZIMIZDA

Qon quyulishiga sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, hatto ba`zi mahsulotlar sababchi bo`lishi mumkin. Bemor uyquchan, behol, jizzaki, kayfiyati o`zgaruvchan bo`lib qoladi, qon bosimi ko`tariladi, og`zi quriydi, qo`l-oyoqlari doim muzdek bo`ladi. Noto`g`ri ovqatlanish, organizmda gijja borligi, stress va darmondori etishmasligi ham qon quyuqlashishiga olib kelishi mumkin.

QONNI QUYuLTIRADI:

Shakar, pishiriqlar, kartoshka, banan, tuxum, grechixa yormasi, gazli ichimliklar, xolodes (dirilloq), uzum, fast-fud va qovurma taomlar, o`simliklardan – dalachoy va gazandao`t. Ularni imkon boricha taomnomada kamaytiring.

*yurakni davolashda ishlatiladigan siydik haydovchi dori vositalari;

*shahvatni ko`taruvchi dori vositalari,

*homiladorlikdan saqlovchi dori-darmonlar qonni quyultirish xususiyatiga ega.

Ularni qabul qilishda me`yorni oshirib yubormang.

DAVOLANIShDAGI 7 TAVSIYa

  • Qonning umumiy hamda biokimyoviy tahlilini topshiring
  • Tezroq ichki kasalliklar shifokor (terapevt) ko`rigidan o`ting. Muammoning echimi oddiy dori preparatlarida bo`lishi mumkin. Lekin dori vositalarini o`z bilganingizcha, qabul qilishni maslahat bermaymiz.
  • Kun davomida sof suyuqlik – oddiy qaynatilgan yoki gazsiz mineral suvni 2,5-3 litrgacha ichish, qonni suyultiradigan mahsulotlar – anjir, sarimsoqpiyoz, ko`kpiyoz, shotut, bodring, sitruslilar, qizil bulg`or qalampiri, olma, olcha, limon, o`stirilgan bug`doy, pomidor, baliq, kakao, anor, dengiz karami, kungaboqar pistasini imkon qadar ko`proq iste`mol qilish kerak.
  • Majnuntol, tut daraxtining ildizi, po`sti tabiiy aspirin hisoblanadi. Ushbu daraxtlardan birining po`sti yoki ildizini maydalab, bir osh qoshig`ini bir stakakn suvda qaynatib ichilsa, qon tozalanadi va quyulishdan holi bo`ladi.
  • Nahorga ikki piyola issiq qaynatilgan suv ichib, ortidan bir osh qoshiq zig`ir yoki zaytun moyidan qabul qilishni kanda qilmang.
  • Yotishdan 1 soat oldin piyoda sayr qilish, yugurish qonni suyultiradi. Mashqni uyda, turgan holatda ham bajarish mumkin.

7.Davolovchi shifokor bilan maslahatlashib, zuluk bilan davolanishni ham sinab ko`rsa bo`ladi. Faqat ushbu muolaja maxsus tibbiy muassasalarda, mutaxassis nazoratida bajarilishi shart. Bilib-bilmay, o`zingiz mustaqil qo`llamang.

8.Maydalangan dafna yaprog`ining bir choy qoshig`i bir chimdim ko`k choy, ikki bo`lak limon bilan aralashtirib, damlanadi. Ozroq asal qo`shib, choy singari kun davomida ichiladi. Shuningdek, zanjabil va dolchin solib damlangan choylar ham ushbu muammoni tez va samarali hal etishda yordam beradi

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1