1

​ShAVKAT MIRZIYoEV VA ALMAZBEK ATAMBOEV STRATEGIK ShERIKLIK TO`G`RISIDA DEKLARASIYa IMZOLADI

Jamiyat 06.10.2017, 09:38
Teglar: Prezident, O`zbekiston-Qirg`iziston
​ShAVKAT MIRZIYoEV VA ALMAZBEK ATAMBOEV STRATEGIK ShERIKLIK TO`G`RISIDA DEKLARASIYa IMZOLADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev 5 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qirg`iziston Prezidenti Almazbek Atamboev va uning rafiqasini O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan kutib oldi.

Prezident Almazbek Atamboev Prezident Shavkat Mirziyoev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Qirg`iziston Prezidenti ushbu muazzam maydon O`zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo`lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini alohida ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev va Almazbek Atamboev «O`zekspomarkaz»da tashkil etilgan O`zbekiston va Qirg`iziston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdi.

Ko`rgazmada mamlakatlarimiz so`nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovasion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Prezidentlar ekspozisiya bilan tanishar ekan, mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko`rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida hamkorlikning mustahkamlanishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishi va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta`kidladilar.

Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar Ko`ksaroy qarorgohida bo`ldi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so`ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Shavkat Mirziyoev Almazbek Atamboevni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, butun Qirg`iziston xalqiga o`zining chuqur hurmatini izhor etdi.

Bugungi tashrif joriy yil sentyabrda Qirg`izistonda bo`lib o`tgan tarixiy uchrashuvlarning mantiqiy davomidir. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, hamfikrligi tufayli O`zbekiston bilan Qirg`iziston munosabatlari mustahkamlanib, o`zaro aloqalar faollashdi. Qisqa vaqtda erishilgan tarixiy kelishuvlarni xalqlarimiz yuksak baholadi, dedi Prezidentimiz.

Almazbek Atamboev Shavkat Mirziyoevga taklif uchun minnatdorlik bildirib, Qirg`iziston xalqi nomidan chuqur hurmat va ehtirom izhor etdi.

Siz davlatlarimiz o`rtasidagi chegarani do`stlik va hamkorlik chegarasiga aylantirdingiz. Chegara postlarining ochilishi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Bu Shavkat Mirziyoevning, avvalo, xalqni, oddiy odamlar hayotini o`ylashidan dalolat. Hududlararo hamkorlik yo`lga qo`yilgani, transport aloqalari tiklangani bizni yanada birlashtirdi. Bu har ikki tomonga manfaat keltiradi, dedi Qirg`iziston Prezidenti.

Muloqotda mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O`zbekiston o`z tashqi siyosatida Markaziy Osiyoga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Barcha qo`shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlamoqda. Jumladan, Qirg`iziston Respublikasi bilan aloqalar ham yangi mazmun kasb etdi. Parlamentlar, vazirlik va idoralar, hududlar o`rtasidagi tashriflar ko`paydi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Almazbek Atamboev muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari ishtirokida davom ettirdilar.

Unda asosiy e`tibor O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikasiya, energetika, sanoat, qishloq va suv xo`jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida O`zbekiston Respublikasi bilan Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya muhim o`rin tutmoqda. Mazkur komissiyaning hamraislari sifatida ikki mamlakat Bosh vazirlari belgilangani tomonlarning o`zaro hamkorlikni rivojlantirishga yuksak e`tiboridan dalolat beradi.

O`zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar O`shda bo`lib o`tgan xalqaro ko`rgazmada ishtirok etdi. Qirg`iziston iqtisodiyot vazirining mamlakatimizga tashrifi ham samarali bo`ldi.

Qirg`iziston Prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi va biznes-forumda qariyb 200 million dollarlik shartnomalar imzolanadi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi tovar ayirboshlash ko`rsatkichi mavjud iqtisodiy imkoniyatlarga mos emasligi, yaqin yillarda o`zaro savdo hajmini 500 million dollarga etkazish zarurligi qayd etildi. Sanoat kooperasiyasini yo`lga qo`yish va qo`shma korxonalar tashkil etish vaqti kelgani ta`kidlandi.

Qirg`izistonda qishloq xo`jaligi texnikalari, avtomobillar, avtobuslar va maishiy uskunalarni birgalikda yig`ish, qurilish materiallari, to`qimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlar ishlab chiqarib, uchinchi davlatlarga eksport qilishga kelishib olindi. Hududlar va tadbirkorlar o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri aloqalar yanada rivojlantiriladi.

O`zbekiston va Qirg`izistonning transport kommunikasiyalari o`zaro integrasiyalashgan. Bu barcha sohalardagi aloqalar rivojida, shuningdek, ikki mamlakat hududlari orqali jahon bozorlariga chiqishda muhim rol o`ynaydi. Shu bois mamlakatlarimiz transport qatnovi, erkin tranzitni ta`minlash sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda.

«O`zbekiston-Qirg`iziston-Xitoy» temir yo`lining qurilishi mamlakatlarimiz uchun ulkan iqtisodiy imkoniyatlar ochishi ta`kidlandi. Yangi avtomobil yo`laklari, jumladan, «Andijon-O`sh-Irkishtom-Qoshg`ar» qatnovini ochish mintaqa davlatlari o`rtasida o`zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish va ularning iqtisodiy taraqqiyotiga qo`shimcha sur`at bag`ishlashga xizmat qilishi qayd etildi.

O`zbekiston va Qirg`iziston xalqlarining madaniyati, qadriyatlari mushtarak. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, bizning tilimiz, dinimiz, fikrimiz bir.

Bu jihatlar madaniy-gumanitar aloqalar rivojida muhim omil bo`lmoqda. O`zbekistonda qirg`iz tili va madaniyati, Qirg`izistonda o`zbek tili va madaniyatini o`rganishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Joriy yilda Qirg`iziston teatr ijodkorlari Farg`ona vodiysiga, o`zbekistonlik san`atkorlar O`sh, O`zgan, Aravon, Novqat, Qorasuv, Jalolobod shaharlariga ijodiy safar qildi. Qirg`iziston delegasiyasi mamlakatimizda bo`lib turgan ayni kunlarda Qirg`izistonda O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat chegaralari bo`yicha tarixiy kelishuvlarga erishilgani va qator chegara postlari ochilgani ikki qardosh xalq o`rtasidagi do`stlik aloqalari uchun keng imkoniyat berdi.

Oliy darajadagi muzokaralardan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Almazbek Atamboev O`zbekiston Respublikasi bilan Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida strategik sheriklik, do`stlik, ahil qo`shnichilik va ishonchni mustahkamlash to`g`risida deklarasiyani imzoladilar.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 10 dan ortiq hujjat imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar o`zaro anglashuv, ochiqlik va samimiyat ruhida o`tgani, tomonlar o`rtasida hal qilinmagan masalalar deyarli qolmaganini alohida ta`kidladilar.

Shavkat Mirziyoev imzolangan hujjatlar xalq talab va istaklaridan kelib chiqib qabul qilingani, ular mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Almazbek Atamboev so`nggi vaqtlarda erishilgan kelishuvlarni xalqlarimiz uzoq kutgani, tarixda qoladigan shunday ishlarga hissa qo`shganidan baxtiyor ekanini ta`kidladi.

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboevning mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda, deya yozadi O`zA.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1