AsosiyDunyo

Shifokorlar yangi tug`ilgan chaqaloqni muzlatib qo`ydi

Britaniyaning Reding shahri shifokorlari yangi tug`ilgan Freddi Kukning hayotini saqlab qolish uchun uni uch sutkaga muzlatib qo`yishiga to`g`ri keldi.

Bola tug`ilgan paytda nafas olish bilan muammolar yuzaga kelgan, buning natijasida bolaning o`pkasiga 20 daqiqa kislorod bormagan, deya xabar beradi “Mirror” nashri. Bu haqda bilib qolgan chaqaloqning ota-onasi shokka tushgan, ammo, nima bo`lgan taqdirda ham, muzlatib qo`yish uning hayotini saqlab qolgan.

Ma`lum bo`lishicha, ayol uy sharoitida tug`ishga tayyorgarlik ko`rgan ekan. Biroq tug`ruq paytida
murakkabliklar boshlangan. Uyga chaqirilgan shifokorlar chaqaloqqa kislorod etkazib beruvchi kindik ichakchasi uzilib ketganini, bolaning elkasi esa tiqilib qolganini va shu bois u tug`ila olmasligini aniqlaydi. Mutaxassislar ayolning tug`ishiga yordam beradi, biroq bolani shu zahotiyoq kasalxonaga yotqizishga to`g`ri keladi. Chaqaloq Oksford kasalxonasida innovasion sovutish prosedurasidan o`tadi, bu bola miyasining ehtimoliy shikastlanishi xavfini kamaytirishi kerak edi. Shu tarzda, chaqaloqning tanasi 33 darajagacha sovutiladi va uch kun davomida “anabioz” holatida saqlanadi, keyin esa yana “eritiladi”. 

O`shandan buyon deyarli bir yil vaqt o`tdi. Hozir shifokorlar bolaning sog`lig`ini muntazam ravishda tekshirib turibdi. Ularning so`zlariga ko`ra, bolaning rivojlanishida hech qanday
kamchiliklar yo`q. Freddining ota-onasi uni Rojdestvo mo``jizasi deb atamoqda. 

    Boshqa yangiliklar