Bunda kamera ishlayotgan bo`lgan va u butun parvozni tasmada aks ettirgan.Ushbu videoni Kimberli okrugi reynjerlari chop etdi.
Unda qush kamerani changallab, u bilan uchayotgani aks etgan. Parvoz paytida qush o`z “avtoportreti”ni ham qilishga ulgurgan.
Avstraliyadagi yovvoyi tabiatni muhofaza qiluvchi reynjerlar may oyidayoq Margaret-River hududida harakat datchigi o`rnatilgan kamerani qo`ygandi. Ular mahalliy timsohlarni videoga olishga umid qilayotgandi. Apparatning o`zi uncha katta emas: uzunligi 10-15 sm, kengligi esa – 5 sm. Kamera yo`qolganida, reynjerlar uni daryoga tushib ketgan deb o`ylaydi.
Biroq tez orada qurilmani Meri daryosi yaqinidan topib oladi – bu kamera dastavval o`rnatilgan joydan 110 km uzoqlikda joylashgan. Reynjerlar unga yozilib qolgan kadrlarni ko`rganida, kamera nega yo`qolib qolganini tushunib etadi. Endi ular bunday qurilmalarni boltlar bilan mustahkamlab qo`yish niyatida, deb yozadi “Associated Press”.