AsosiySavol-javob

BANK OMONATLARINING FOIZLARI HAM OShDIMI?

'BANK OMONATLARINING FOIZLARI HAM OShDIMI? 'ning rasmi

Markaziy bank tomonidan tarif stavkalarini oshgani haqida eshitdik. Bu omonat foizlarining oshishiga ham tegishlimi? Endilikda, bankda omonat saqlab, yillik 14 foiz daromad olish kafolatiga ega bo`lamizmi?


Markaziy bank tomonidan tarif stavkalarini oshgani haqida eshitdik. Bu omonat foizlarining oshishiga ham tegishlimi? Endilikda, bankda omonat saqlab, yillik 14 foiz daromad olish kafolatiga ega bo`lamizmi?

Jabbor Rajabov, Toshkent shahar, Yunusobod tumani

T.Ishmetov, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foizdan 14 foizga ko`tardi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o`tgan davrida inflyasiya sur`atlarining tezlashishi hamda inflyasion xatarlarning ortishini cheklash bo`yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi.

Qayta moliyalash stavkasi Markaziy bank va tijorat banklari o`rtasidagi kredit amaliyotlariga o`rnatiladigan stavka bo`lishi bilan birga iqtisodiyotdagi pul resurslarining narxini ko`rsatadi va boshqa foiz stavkalari uchun mo`ljal vazifasini bajaradi.

Ushbu stavkaning oshirilishi o`z navbatida banklararo moliyaviy resurslar bozorida resurslar narxlarining ko`tarilishi va kelgusida tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar va omonatlar bo`yicha foiz stavkalariga ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Shuni qayd etish lozimki, O`zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq banklar bank operasiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilish hamda ular bo`yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilashda mustaqildirlar.

Hozirgi kunda tijorat banklari aholiga qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo`lgan stavkada jozibador omonat turlarini taklif etmoqdalar hamda har bir fuqaro ushbu bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar