AsosiySUG'DIYONA

POYABZALLARNI TOZALASh VA ASRASh BORASIDA MASLAHATLAR

'POYABZALLARNI TOZALASh VA ASRASh BORASIDA MASLAHATLAR'ning rasmi

Poyabzalingiz hamisha yaltirab turishi uchun ularni to`g`ri tozalashning o`zi kifoya.

Charm poyabzal

  • Ularni yumshoq mato bilan yuvib, quriganidan so`ng maxsus moy surtsangiz, a`lo ko`rinishda bo`ladi. Biroq moy ko`payib ketmasin, aks holda yog`li dog`lar paydo bo`lishi mumkin. Moyni ko`chaga chiqish oldidan emas, balki avvalroq surtsangiz, faol moddalar singib, himoya qatlamini hosil qilishga ulguradi.
  • Charm poyabzallar uchun mo`ljallangan moy ikki xil bo`ladi: organik va emulsion. Organik moylar poyabzalda qatlam hosil qiladi va har qanday ob-havoda ham himoyalaydi. Emulsion moylar esa qatlam hosil etmaydi, ammo kirdan a`lo darajada xalos etadi.
  • Poyabzalning bu turini tozalashda charm uchun mo`ljallangan moydan foydalanish mumkin emas. Aks holda lok xiralashib, oyoq kiyim avvalgi go`zal ko`rinishini yo`qotadi.
  • Bunday poyabzalni ip yoki jundan to`qilgan engil matoda tozalab, vaqti-vaqti bilan vazelin yo gliserin yordamida ishlov bering.

Oq charmdan tikilgani…

  • Bunday poyabzallarni nim sovunli suvga ho`llangan mato bilan tozalash mumkin. Agar unchalik oq bo`lmagan poyabzal uchun mos rangdagi krem topa olmasangiz, rangsiz kremdan foydalaning.
  • Muhim! Rangsiz kremlar faqat och rangdagi poyabzallarga to`g`ri keladi, to`q tusdagi oyoq kiyimlarga surtilsa, ularning rangi o`chib ketishi mumkin.

Loklangan

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar