AsosiySUG'DIYONA

TUNGI KREMLARDAN FOYDALANISh ShARTMI?

'TUNGI KREMLARDAN FOYDALANISh ShARTMI? 'ning rasmi

Go`zalxonimlar, albatta, tungi kremlarga katta minnatdorchilik bildirishlari kerak. Yuzlariga erta ajin tushgan ayollar esa yuz terisi tunda nafas olib, dam olishi kerak deb, tungi kremdan voz kechganlardir. Lekin aynan tunda yuz terisi sezuvchanligi kremdagi foydali moddalarga nisbatan oshadi. Tunda yuz mushaklari dam oladi, moddalar almashinuvi va qon aylanishi kuchayadi. Shuning uchun tungi krem kunduzgi kremdan ham foydaliroqdir.

1. Tungi kremni uxlashdan bir necha daqiqa oldin emas, uxlashdan 2 soat avval surting. Va albatta, krem qoldiqlarini єog`oz sochiєcha bilan artib tashlang.

2. Krem surtishdan oldin yuzni pardozdan yaxshilab tozalang.

3. Nafaqat yuz, balki bo`yin va ko`krak ustiga ham tungi kremdan surtish yodingizdan chiqmasin.

4. Ko`z tagiga surtiladigan krem alohida bo`lishi kerak, agar yo`q bo`lsa, tungi kremdan ko`z atrofiga surta ko`rmang.

5. Kremni yuzga surtishdan oldin qo`lga surtib, haroratni sal yumshatib oling, shunda krem yuz terisiga tez va oson singadi.

6. 25 yoshgacha kunduzgi kremdan foydalanishning o`zi kifoya. 30 yoshdan keyin esa shartli ravishda doimiy tungi kremdan foydalaning.

7. Tungi va kunduzgi krem bir ishlab chiqaruvchiga tegishli bo`lsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Agar turli xilidan foydalansangiz, bir-biriga mos moddalardan tashkil topganligiga ahamiyat bering.

8. 40 yoshdan oshgan xonimlarga tarkibida retinol, keramid, pantenol, peptid, asal, efir moylari mavjud bo`lgan tungi kremlar tavsiya etiladi. 50 dan oshgan ayollarga esa estrogen, fermentlar va aminokislotalardan tashkil topganlari ayni muddao.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar