1

​Tabobat: TABIATNING DAVO NE`MATLARI ​

Salomatlik 09.10.2017, 16:54
​Tabobat: TABIATNING DAVO NE`MATLARI ​
Tabiatning har bir ne`mati o`ziga xos «kichik tabib»dir. Qay birini qachon va qanday ishlatishni bilsak bo`lgani, kutilmagan vaziyatlarda shoshib qolmaymiz.

Piyoz va sirka tindirmasi

Oyoq kafti va tovondagi yoriqlarni davolashda bitta o`rtacha kattalikdagi piyozni ikkiga bo`lib, stakanga soling. Ustidan stakan to`lgunicha sirka quying-da, bir sutka qorong`i joyda qoldiring. Tayyor bo`lgach, piyozni tindirmadan olib, hosil bo`lgan suyuqlikni yoriqlarga surting.

Allergiya toshmasida

Oziq-ovqat mahsulotlari ta`sirida paydo bo`lgan toshmalarni teng miqdorda ittikanak (chereda), moychechak va marmaraka (shalfey) o`simliklari aralashmasidan tayyorlangan damlama bilan chayib turish mumkin. Mazkur o`simliklar qichishishni kamaytiradi.

Sabzi eng kamqon bo`lmaysiz!

Nahorga bir dona qirg`ichdan chiqarilgan sabzini 2 osh qoshiq smetana yoki o`simlik yog`i bilan aralashtib iste`mol qilish lozim. Muolaja davomiyligi 10 kun.

Bavosir qiynasa...

Shifokor buyurgan sham va xuqna yordamida yuboriladigan yog`larni qo`llashdan avval moychechak, ittikanak va marmarak o`simliklaridan tayyorlangan damlamada vanna qabul qilish lozim. Bu bavosir tugunlarini yumshatib, muolaja ko`ngildagidek o`tishiga asos bo`ladi.Ushbu xastalik bilan og`rigan bemorlar hojatdan so`ng iliq suvda chayinishga odatlanishlari lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1