Varshavada birinchi bor nogironlar aravachasida harakatlanuvchi qizlar o`rtasida Miss World Wheelchair nomli go`zallik tanlovi bo`lib o`tdi, deya xabar berdi "Korrespondent.net" nashri.
Tanlovda belarussiyalik 23 yoshli talaba Aleksandra Chichikova g`olib bo`ldi.
Belarusiyalik talaba Aleksandra Chichikova universitetda psixologiya va ijtimoiy pedagogikadan dars beradi. O`qishni bitirgandan so`ng Aleksandra hayotda qiyinchiliklardan aziyat chekgan odamlarga yordam berishni rejalashtirgan.






