1

Shifo maslahat: “OG`RIQSIZLANTIRUVChI PREPARATLAR ZARARMI?”

Salomatlik 09.10.2017, 19:20
Shifo maslahat: “OG`RIQSIZLANTIRUVChI PREPARATLAR ZARARMI?”

— Bosh og`rig`iga toqat qilolmayman. Xuddi butun tanam zirqirayotgandek tuyuladi. Og`riq boshlanayotganini sezishim bilan darhol og`riqsizlantiruvchi dori ichaman. Onam bo`lsa, “bu turdagi preparatlarga o`rganib qolish mumkin, keyin jigaring ham ishdan chiqadi”, deydi. Haqiqatan ham og`riqsizlantiruvchi dorilarga moyillik yuzaga kelishi mumkinmi?

Hilola Usmonova, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— Og`riqni bartaraf etish vaqtinchalik chora, xolos. Boshingiz nega og`riydi, nima sababdan bezovtalik kelib chiqadi, aniqlash lozim. Huda-behudaga dori ichaverish nafaqat jigarga, balki oshqozonga ham zarardir. Qolaversa, bir turdagi og`riqsizlantiruvchi preparatlarni muntazam qabul qilish, unga nisbatan moyillikni keltirib chiqaradi. Bu esa organizm boshqa dori vositalariga ta`sirchanlikni yo`qotib qo`yishiga olib keladi. Maslahatim, shifokor ko`rigidan o`ting. Qondagi gemoglabin miqdorini tekshirtiring. Qon bosimi, organizmdagi shamollash jarayonlariga ham ahamiyat berish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1