1

Shifo maslahat: “KO`Z LINZALARI QAERDA SOTILADI?”

Salomatlik 09.10.2017, 19:50
Shifo maslahat: “KO`Z LINZALARI QAERDA SOTILADI?”

— Ko`rish qobiliyatim yomonlashgani bois ko`zoynak taqayotgandim. Ko`zoynakni kontakt linzalarga almashtirmoqchiman. Buning uchun qaerga murojaat qilishim mumkin? Dorixonalarda kontakt linzalar sotiladimi?

Humoyun Solihov, Toshkent viloyati

Hikmatilla SODIQOV, oftalmolog-shifokor:

— Kontakt linza taqishdan oldin oftalmolog ko`rigidan o`ting. Shifokor tavsiyasiga ko`ra kontakt linza (yumshoq linzalar)ni xarid qilishingiz mumkin. Buning uchun ko`z kasalliklari shifoxonalarida maxsus kontakt linzalarni tanlash bilan shug`ullanadigan ortometris oftalmolog xonalari tashkil etilgan. Bundan tashqari, ba`zi optika markazlarida ham kontakt linza sotib olish imkoniyati mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1