​TOJIKISTON MADANIYaTI KUNLARI TADBIRLARI RO`YXATI

Madaniyat 10.10.2017, 09:18
​TOJIKISTON MADANIYaTI KUNLARI TADBIRLARI  RO`YXATI

Joriy yilning 10 oktyabridan 14 oktyabriga qadar O`zbekistonda Tojikiston madaniyati kunlari o`tkaziladi. Ushbu kunlar doirasida Tojikiston ijodiy delegasiyasining mamlakatimiz diqqatga sazovor joylari, madaniy meros ob`ektlari va tarixiy obidalariga tashrifi uyushtiriladi hamda quyidagi tadbirlar bo`lib o`tadi:

11.10.2017 – 11:00 dan 12:00 ga qadar O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida “Zamonaviy Tojikiston” fotoko`rgazmasi va tojik xalq hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi;

19:00 dan 20:30 ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik Katta teatrida tantanali ochilish va konsert dasturi;

12.10.2017 – 16:30 dan 18:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Istinny polden” filmi namoyishi;

18:00 dan 19:30 gacha O`zbekiston davlat konservatoriyasida Tojikiston san`at ustalarining konserti;

13.10.2017 17:30 dan 19:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Uchitel” badiiy filmi namoyishi;

19:00 dan 20:30 gacha Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik Katta teatrida tantanali yopilish marosimi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1