1

Eng mashhur qalbaki fotosuratlar

Dunyo 05.12.2013, 16:18
Eng mashhur qalbaki fotosuratlar
“Photoshop” ixtiro etilishi bilan aql bovar qilmas, ammo qalbaki fotosuratlar soni keskin oshib ketdi.

Hozir fotosuratlarni qalbakilashtirish juda oson bo`lsa-da, ularni haqiqiy qilib ko`rsatish ham ancha qiyin ish. Quyida e`tiboringizga qalbakiligi fosh etilgan mashhur fotosuratlardan namunalar keltiramiz.
 
Akula va vertolet



Ushbu fotosuratda taxminan suvdan otilib chiqib, harbiy samolyot zinapoyasidagi odamga hujum qilayotgan juda yirik akula tasvirlangan.
Ammo aslida fotosurat ikkita bir-biri bilan bog`liq bo`lmagan suratlardan tashkil topgan
bo`lib, ular turli yillarda va turli joylarda olingan. Mazkur suratga izohda hatto ushbu tasvir "National Geographic” jurnalining “Yil fotosurati”ga aylangani ham ta`kidlangan edi. Albatta, bu jurnal tomonidan rad etilgan.
 
Tasodifiy sayyoh



“Tasodifiy sayyoh” deb nomlangan ushbu fotosuratda go`yoki 2001 yil 11 sentyabr kuni Jahon savdo markaziga hujumdan sal oldinroq uning tomosha maydonchasida turgan sayyoh aks
etgan. Ma`lum bo`lishicha, fotosurat 1997 yilda 25 yoshli venger Peter Guzli tomonidan olingan bo`lib, keyinchalik tahrir qilingan.
 
Dunyodagi eng katta it



Bu Ginnes Rekordlari kitobiga kirgan Gerkules itning taxminiy fotosurati. Neapolitan
mastifi zotiga mansub ushbu it “Photoshop” tufayli o`zining tabiiy o`lchamidan ikki baravar katta ko`rinadi. To`g`ri, 2001 yilda vazni 127 kg bo`lgan Gerkules laqabli ingliz mastifi “dunyodagi eng og`ir it” sifatida tan olingan, ammo u bu suratdagi it emas.
 
Irlandiyadagi qasr-orol



Ushbu go`yoki Irlandiyada joylashgan qasr-orol Internetda millionlab odamlarning bu erga sayohat qilish istagini tug`dirgan bo`lsa, ajabmas. Ammo buni amalga oshirib bo`lmaydi, chunki mo``jizaviy orol fotoeffektlar tanlovi uchun yaratilgan bo`lib, bir-birining ustiga qo`yilgan ikkita fotosuratdan iborat: Germaniyadagi Lixtenshteyn oroli va Tailanddagi Ko-Tapu orolchasi.
 
Hind okeanidagi sunami



Bu Tailanddagi Pxuket shahriga yopirilgan ulkan to`lqinlarni aks ettiruvchi fotosurat bo`lib, u 2004 yili Hind okeanidagi sunamidan keyin Internetda tarqalib ketdi. Aytish joizki, fotosuratda ayrim nomuvofiqliklar ko`zga tashlanadi. Masalan, to`lqinlarning
balandligi 4 metrga yaqin bo`lgan, biroq fotosuratlarda ular ancha baland, buning ustiga suratdagi binolar Pxuket shahrida yo`q. Aslida bu Chilidagi Antofagasta shahri sohilining fotosuratidir. Unga “Photoshop” yordamida to`lqinlar qo`shilgan.
 
2009 yildagi “Air France 477” samolyotining halokati



Ushbu fotosurat go`yoki “Air France 477” samolyoti 2009 yil iyunida Braziliyaning Atlantika okeani sohillarida qulashidan oldin qilingan. Biroq u qalbaki bo`lib chiqdi. Ma`lum bo`lishicha, unda mashhur “Hayot-mamot” ("Lost") serialining kadrlaridan biri aks etgan.
 
Quvaytdagi suvga g`arq bo`lgan markazda akulalar suzibyuribdi



Suratda Quvaytdagi ilmiy markazda akulalar saqlanadigan rezervuar singanidan keyin suv bosgan zalda suzayotgan akulalarni ko`rish mumkin. Fotosurat o`zgartirilgan bo`lib, aslida u suv trubasi yorilib ketgan Torontodagi Uzelli temiryo`l stansiyasini aks ettiradi. Buning ustiga boshlang`ich suratda akulalar ham bo`lmagan.
 
Mars yuzasida Er, Yupiter va Venera



Ushbu fotosurat ko`plab Internet-saytlarda chop etilgan. Unda Mars landshafti tasvirlangan, osmondagi uchta chiroqcha esa bizning Er sayyoramizni, Venera va Yupiterni aks ettiradi. Biroq,
aslida, ushbu surat planetariydagi kompyuter dasturi yordamida olingan.
 
Muz tog`ining cho`qqisi



Mazkur fotosurat suratkash Ralf Klevenjer tomonidan yaratilgan bo`lib, u bir nechta suratlardan to`plangan. Muz tog`ining ikkita yarmi – bu alohida suratlardir, ulardan biri
Alyaskada, ikkinchisi esa Antarktidada qilingan (ammo ularning hech biri muz tog`ining suv ostidagi qismiga tegishli emas). Suv osti qismi – bu Kaliforniya sohillarida tasvirga olingan fondir. Va nihoyat, muz tog`i haqqoniyroq ko`rinishi uchun osmon ham biroz o`zgartirilgan.
 
Jarroh surati


 
Loxness maxluqining barcha qalbaki suratlari orasida bunisi eng birinchisi va eng mashhuridir. U 1934 yilda britaniyalik jarroh Robert Kennet Uilson tomonidan olingan bo`lib, Nessi mavjud ekaniga dalil bo`lib xizmat qilgan. Biroq keyinchalik u boshi maxluqnikiga o`xshash o`yinchoq suv osti kemasi bo`lib chiqdi.
 
Bahaybat odam skeleti



Arxeologlar go`yoki Saudiya Arabistonida qazib olgan ulkan skelet suratlari Internetda 2004 yilda paydo bo`la boshladi. Bu bir paytlar Erda ulkan kishilar yashaganiga dalil sifatda qabul qilingan. Aslida esa fotosuratlar “Worth1000” saytining foydalanuvchilari
biri tomonidan “Arxeologik anomaliyalar” fototanlovi uchun yaratilgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1