1

Shifo maslahat: “QIZIM BO`R EYaPTI...”

Salomatlik 10.10.2017, 13:06
Shifo maslahat: “QIZIM BO`R EYaPTI...”

— So`nggi vaqtlarda qizim g`alati odat chiqargan. Maktab doskasi uchun ishlatiladigan bo`rni eydi. Xavotirlanib qoldim. Bu biror kasallik belgisi emasmi?

Nasiba, Samarqand sh.

Dilorom SULEYMANOVA, tibbiyot fanlari doktori:

— Organizmdagi temir moddasi taqchilligi ta`m va hid ajratish qobiliyatiga ta`sir qiladi. Bemor noodatiy ta`mga ega bo`lgan narsalar, masalan, bo`r, gilvata, xom xamir, pishirilmagan guruch, makaron eyishi, choy shamasi, qurilish bo`yoqlari, aseton, mog`or hidini yoqtirib qolishi mumkin. Soddaroq aytganda, kamqonlikning temir moddasi etishmasligi ko`rinishi ushbu holatlarga sabab bo`ladi.

E`tibor bering, ehtimol qizingizning tirnoqlari mo`rtlashgan, ishtahasi o`zgarib qolgandir. Bosh aylanishi, bosh og`riqlari, aqliy va jismoniy faollikning sustlashishi ham kamqonlikka xos belgilardan. Bordi-yu o`zgarishlar ortib boraversa, albatta mutaxassisga murojaat qiling. O`z vaqtida muolaja boshlansa, noxush asoratlarning oldini olish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1