Chili shimolida 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar beradi «RBK» nashri.
Erosti silkinishlarining epimarkazi Arika port shahridan 73 kilometr sharqda, Peru chegarasi yaqinida, 82 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Hozirgi paytga qadar zilzila oqibatida jabrlanganlar va ko`rilgan moddiy zarar miqdori haqida ma`lumotlar mavjud emas.
Joriy yilning 18 sentyabr kuni ham Chilining qirg`oqlari bo`yida 5,9 magnitudali zilzila qayd etilgan edi.





