O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari
kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktyabr kuni Rossiya
Federasiyasining Sochi shahriga keldi.
Prezidentimizni Sochi xalqaro aeroportida Rossiya rasmiy doiralari va MDH Ijroiya qo`mitasi vakillari kutib oldi, deb xabar berdi davlatimiz Prezidentining rasmiy veb-sayti.
MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisining asosiy tadbirlari 11 oktyabrga mo`ljallangan. Majlis kun tartibiga Hamdo`stlik doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 ga yaqin masala kiritilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o`tkazadi.






