1

Tabobat: TARVUZNI ENGU, DANAGINI YIG`IB QO`YING!

Salomatlik 11.10.2017, 08:21
Tabobat: TARVUZNI ENGU, DANAGINI YIG`IB QO`YING!

Tarvuzni barchamiz maza qilib iste`mol qilamiz. Sharbati ham tanni yayratadi. Buyrak va jigarni tozalashda shifobaxsh xususiyatga ega bo`lgan tarvuzning danagi ham buni qarangki, foydali ekan. Tabobatda aynan tarvuz danagi yordamida bir qancha muolajalar o`tkaziladi.

Gijjalarga qarshi vosita

Tarvuz urug`idagi to`qimalar oshqozon ichak faoliyatini normallashtiradi. Urug`ni butunligicha iste`mol qilish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shu bois urug`ni avval quritib, so`ng xovonchada maydalab olish zarur. Organizmni parazitlardan tozalashda maydalangan urug`ni yarim stakan sutga aralashtirib, har kuni erta nahorda ichiladi. Muolaja bir hafta davom ettiriladi.

Choyga aralashtirib...

Urug` tarkibidagi sitrullin moddasi antioksidant sifatida ta`sir qiladi. Kechki payt yanchilgan urug`ni (1 choy qoshiq) choyga aralashtirib damlaysiz-da, oz-ozdan qabul qilasiz. Bunda urug` aralashtirilgan choy qon tomirlarini kengaytirib, arterial qon bosimini me`yorlashtirishga yordam beradi.

Buyrakka ham foydasibor

Olimlarning ta`kidlashicha, tarvuz urug`i buyrak va siydik yo`llarini tozalashda yordam beradi. Kutilgan natijaga erishish uchun maydalangan urug`ni choyga aralashtirib, kun davomida 3-4 marta ichish lozim. Peshob ajralishini faollashtirishi organizmga ta`sir berayotganini bildiradi.

Erkaklar uchun...

Ma`lumotlarga ko`ra quritilgan tarvuz urug`ini muntazam iste`mol qilish xotirani mustahkamlaydi. Farzand ko`rish istagida bo`lgan erkaklar jinsiy quvvatni oshirish uchun maydalangan tarvuz urug`ini 1 choy qoshiqdan nahorga iste`mol qilishlari tavsiya etiladi.

Tarvuz urug`i tarkibida magniy, temir, marganes, kalsiy va A,V,S vitaminlari bor.

Salatga qo`shilsa...

Asabiylik, hazm faoliyatining buzilishi, buyrak va jigar xastaliklarida maydalangan tarvuz urug`ini sabzavotli salatga qo`shib iste`mol qilish tavsiya etiladi. Bodring, pomidor va ko`katlardan tayyorlangan (mayonezsiz) salatga 1 choy qoshiq maydalangan tarvuz urug`i kifoya.

Kosmetologiyada

Tarvuz urug`ni maydalab, ozroq suv yoki sut bilan aralashtiring-da, yuzga niqob o`rnida foydalaning. Urug` tarkibida yog` kislotalari bo`lib, quruqlashgan terini yumshatadi. Muolajani bir haftada ikki marta bajarish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1