1

Shifo maslahat: “TIZZAMDA SUV YIG`ILAYaPTI...”

Salomatlik 11.10.2017, 08:37
Shifo maslahat: “TIZZAMDA SUV YIG`ILAYaPTI...”

— Ikki oy oldin yiqilib tushib, tizza suyagim joyidan qo`zg`algandi. Shifokor ko`rsatmasi bilan gips qildirdim. Bog`lam olib tashlangach esa tizzamda suyuqlik yig`ilayotgani ma`lum bo`ldi. Bu nimadan bo`lishi mumkin?

Ahror Komilov, Toshkent shahri

Botir KARAEV, shifokor-ortoped:

— Jarohatdan so`ng tizzada suv yig`ilishining bir necha sabablari bo`lishi mumkin. Xususan, gips bog`lami bilan oyoq harakatga keltirilgan va buning oqibatida zo`riqish yuzaga kelgan bo`lishi mumkin. Shu bilan birga, dastlabki tashxis noto`g`ri qo`yilgan bo`lsa ham jarohat o`rni bitgach, tizza bo`g`imida suyuqlik yig`ilishi yuz beradi. Endigi vaziyatda shifokor nazoratida suyuqlikni olib tashlash amaliyoti bajarilishi kerak. So`ngra umumiy holatingiz va suyuqlik yig`ilganining sabablariga ko`ra keyingi muolaja buyuriladi. Shifokor ko`rsatmalariga amal qilsangiz, bu holat qayta takrorlanmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1