1

Shifo maslahat: “BOLAMNING TIRNOG`I ET IChIGA O`SADI”

Salomatlik 11.10.2017, 08:53
Shifo maslahat: “BOLAMNING TIRNOG`I ET IChIGA O`SADI”

— Besh yoshli o`g`limning oyoqdagi bosh barmog`i tirnog`i etiga qarab o`sa boshladi. Bir necha marta o`zim olib tashlashga urinib ko`rdim. Ammo bolajonimning joni azoblanayotganini ko`rib, toqat qilolmayapman. Tirnoqning etga qarab o`sishini davolasa bo`ladimi? Buning uchun kimga murojaat etish lozim?

Shahlo Iskandarova, Toshkent viloyati

Rustam ZOKIROV, oliy toifali shifokor-dermatolog:

— Bolalardagi tirnoqning et ichiga qarab o`sishini ko`pincha noto`g`ri tanlangan poyabzal tufayli kelib chiqadi, deb o`ylashadi. Bu ham asosiy omillardan biri. Shu bilan birga, tirnoqni noto`g`ri olish, ya`ni oysimon shaklda kaltalatish ham tirnoq tuzilishiga ta`sir etishi mumkin.

Hozirda bolalar orasida tirnoqning infeksion zamburug`li kasalliklari uchrab turibdi. Bu ham tirnoq shaklini o`zgartiradi. Farzandingizni shifokor-dermatolog hamda yashash manzilingiz bo`yicha xirurg mutaxassisga olib borishingiz mumkin.

Asosiysi, tirnoq shaklining o`zgarishiga sabab bo`lgan omilni aniqlash. Shunga muvofiq muolaja qilinadi. Agar tirnoq ichiga o`sib ketgan bo`lsa, lazer yordamida korreksiya qilinadi.

Hozirda maxsus plastinkalar ham qo`llanilayotgan bo`lib, tirnoqning etga qarab o`sishidan himoyalaydi. Kasallik to`g`ri davolanilsa,keyinchalik qaytalanmaydi. Bu holatning nasliy moyilligi borligini ham unutmaslik kerak. Agar ota-onalardan birida tirnoq shaklining o`zgarishi bilan bog`liq muammo bo`lsa, bu farzandlarida ham takrorlanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1