1

Shifo maslahat: “OYoQ TOMIRINING TORTIShIShI NIMADAN?”

Salomatlik 11.10.2017, 09:19
Shifo maslahat: “OYoQ TOMIRINING TORTIShIShI NIMADAN?”

— Tunda oyoq tomirining tortishishidan uyg`onib ketaman. So`nggi vaqtlarda bu holat tez-tez takrorlanayapti. Og`riq zo`ridan gohida tinchlantiruvchi dori ichib, so`ng uxlayman. Tomir tortishishining boisi nima bo`lishi mumkin?

Nigora Maratova, Sirdaryo viloyati

Botir KARAEV, shifokor-ortoped:

— Oyoq tomiri tortishishi asosan vena qon tomirlarining varikoz kengayishi, organizmda kalsiy etishmovchiligi sabab yuz beradi.

Shuningdek, bu holat yoshga doir o`zgarishlar qatorida 45-50 yoshdan so`ng ham kelib chiqishi mumkin. Muammoni hal etish uchun travmatolog va xirurg shifokorlarga murojaat eting.

Qondagi kalsiy miqdorini tekshirtiring. Agar klimaks yoshida bo`lsangiz, organizmdagi moddalar almashinuvi hisobiga ham oyoqda tomir tortishishi yuzaga kelgan bo`lishi mumkin. Shifokor ko`rsatmasi bilan davolansangiz, bezovtaliklardan xalos bo`lasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1