AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONNING TURKIYaDAGI ELChISI IShONCh YoRLIQLARINI TOPShIRDI

'​O`ZBEKISTONNING TURKIYaDAGI ELChISI IShONCh YoRLIQLARINI TOPShIRDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Agzamxo`jaev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdog`anga ishonch yorliqlarini topshirdi
Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo va jahondagi muhim hamkori ekanligini ta`kidlab, Turkiya Prezidenti barcha o`zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi, deb yozadi O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi.
Shuningdek, 2016-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo`lib o`tgan muzokaralardan so`ng kuzatilgan O`zbekiston-Turkiya munosabatlaridagi ijobiy dinamika alohida qayd etildi. Pekin, Ostona va Nyu-York shaharlaridagi ikki davlat rahbarlarining bo`lib o`tgan uchrashuvlari o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud bo`lgan ulkan imkoniyatlarni amalga oshirish uchun birgalikda ishlashga imkon berdi.
Turkiya davlati rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga bo`lajak tashrifi muhim o`ringa ega ekanligi ta`kidlar ekan, ushbu tashrif O`zbekiston-Turkiya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yangi turtki berishini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar