AsosiySUG'DIYONA
5173

BOLANGIZNING VAZNI ETARLI BO`LMASA...

'BOLANGIZNING VAZNI ETARLI BO`LMASA...'ning rasmi

Bolaning vazn o`lchami me`yorda yoki undan kamligini har oyda o`tkaziladigan tekshiruv chog`ida bilish mumkin. Agar shifokor bolaning vaznini yoshiga nisbatan etarli emas deb topsa, ovqatlantirish tartibiga o`zgartirish kiritish tavsiya etiladi. Bunda turli sabzavot, meva yoki don mahsulotlaridan tayyorlangan taom va eguliklarni tayyorlash mumkin. Biroq «bolamni semirtiraman, deb, ko`p ovqatlantirish ham noto`g`ri. Unutmang, bolaga qancha egulik bersangiz, oshqozoni shu miqdorga o`rganib qoladi. Ko`p egulik tanovul qilish ham oddiy tilda aytganda oshqozonni kattalashtirib, ortiqcha vazn to`planishiga olib keladi. Buning ortidan esa boshqa muammolar ham kelib chiqishi xavfi mavjud.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar