«O`zbektelekom» AK 6 oktyabr kuni e`lon qilingan narxlar oshirilishi to`g`risidagi qarori bekor qilinganligini ma`lum qildi.
Kompaniyaning 2016 yilning 1 iyul kuni kiritilgan «Telekommunikasiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi» preyskuranti amal qilishda davom etadi.
«O`zbektelekom» - AK butun O`zbekiston Respublikasi hududini o`z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikasiyalar operatoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko`rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo`yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma`lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog`idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to`rtta —Uztelecom™, Uzmobile™, Uzonline™ va Telecom TV™ savdo belgilari ostida ko`rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho`ba korxonasidir.