GM Uzbekistan AJ joriy yilning 9 oyi davomida Rossiyada 9,34 mingdan ortiq Ravon avtomobilini sotdi.
UzDaily.uz nashrining xabar berishicha, GM Uzbekistan sentyabr oyining o`zida 1,6 mingdan ortiq Ravon avtomobilini sotgan.
GM Uzbekistan kompaniyasining Rossiya bozoridagi ulushi to`qqiz oy yakunlariga ko`ra 0,8% tashkil qildi.
Ushbu davr tahlillariga ko`ra GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosi bo`yicha 19-o`rinni egalladi.






