Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi, deya xabar beradi O`zA maxsus muxbiri.
MDH davlat rahbarlari birgalikda suratga tushdi.
Shundan so`ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda Hamdo`stlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, 2018 yilda MDHga raislik qiladigan mamlakat masalasi ko`rib chiqilishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi mo`ljallangan.






