Islom Karimov nomidagi Fond ilk stipendiatlarni Germaniya, Italiya va Rossiyaning oliygohlariga o`qishga yuborishni boshladi.
“O`zbekistonning Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Britaniya Kengashining vakolatxonasi, Germaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi hamda Inxa, Turin Politexnika va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetlarining Toshkentdagi filiallariga minnatdorlchigimni izhor etaman. O`z bilimi va mehnati bilan yuqori natijalarga erishgan ushbu yoshlarni ko`rganda insonning qalbi faxr tuyg`usiga to`ladi. Grant sohiblarining barchasini chin dildan tabriklayman va o`qishlarida omadlar tilayman. Ular Evropaning peshqadam oliygohlarida ta`lim olib, kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o`z hissalarini qo`shishiga ishonaman”,
deydi Lola Karimova-Tillaeva o`z postida.
Islom Karimov Fondining xorijda tahsil olish uchun granti sovrindorlari:
Usmonov Mirusmon, Mirtursinov Madiyor, Asadov Bekzod, Iskandarov Nursulton, Mahkamova Lazizaxon, Qambarov Farhodjon, Tursunaliev Ulug`bek, Garder Nik, Mirzaaxmedov Otabek, Usmonov Abdijalol, Nurmamatov Jahongir va Feyzullaev Alim.

Tanlov mazkur yilning yanvar oyidan may oyigacha o`tkazilib, unda jami 300ga yaqin yoshlar qatnashdilar.
Islom Karimov Fondi 2016 yil oktyabr oyida mustaqil O`zbekiston Respublikasining asoschisi va Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan. Iqtidorli yoshlarga milliy va xorijiy oliy o`quv yurtlarida tahsil olish uchun grantlar taqdim etish Islom Karimov nomidagi fond faoliyatining muhim yo`nalishlaridandir.






