O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi Elchixonasining bergan ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 9 oktyabr kuni Vladimir viloyatidagi o`zbek diasporasi ko`magida, YTH oqibatida vafot etgan, avval shaxsi aniqlanmagan so`nggi fuqaroning ham shaxsi aniqlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
U 1979 yil 7 mart kuni tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Usmonov Jo`rabek Jumaevich bo`lib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qilgan.
Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini O`zbekistonga olib kelish bo`yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan 6 yoshli qizcha joriy yilning 10 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi FVVning vertolyotida Moskva shahriga davolanish uchun olib kelingan bo`lib, uchish davomida uning ahvoli yomonlashmagan, qizchaga vrachlar tomonidan zaruriy yordam ko`rsatilgan.