AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA ILK BOR QIZLAR FESTIVALI O`TKAZILDI

'SAMARQANDDA  ILK BOR QIZLAR FESTIVALI O`TKAZILDI'ning rasmi

11 oktyabrXalqaro qizlar kuni munosabati bilan Samarqandda «Qiz bolabo`lg`usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir» shiori ostida viloyat qizlar festivali tashkil etildi. Viloyat xotin-qizlar qo`mitasi tashabbusi bilan o`tkazilgan anjumanda viloyatimizdagi oliy, o`rta maxsus hamda umumta`lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar, boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitalari raislari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Anjuman avvalida ishtirokchilar Samarqand san`at kollejining dutorchi qizlari mashqlari, shahardagi pedagogika kollejining musavvir qizlarining chizgan suratlaridan bahramand bo`lishdi.

— Qizlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi bilan birga jamiyatda o`z o`rnini topishi, liderlik qobiliyatlarini namoyish etish uchun mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi M.¢afurova. – Bugun ta`lim muassasalarida «Orasta qizlar», «Zulfiyaxonim qizlari», «Iqtidorli qizlar» kabi qator to`garak va klublar faoliyat ko`rsatib bormoqda. Ma`lum sohada yutuqlarga erishgan qizlar uchun «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti ta`sis etilgan. Viloyatimizda 17 nafar qizlar ushbu nufuzli mukofot sovrindori bo`lishga erishgan. Iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni rag`batlantirish borasida doimiy ravishda turli tanlovlar o`tkazib kelinmoqda.

Anjumanda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo`limi T.Tugalov iqtidorli qizlar bilan ishlashda uyushmada yo`lga qo`yilgan ishlarga to`xtalgan bo`lsa, Reproduktiv salomatlik markazi rahbari U.Boborahimova qizlarning salomatligini asrash borasidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

Festivalning ijodiy qismida mushoirani shoira Jumagul Suvonova qizlar haqdagi she`rlari bilan boshlab berdi. «Jonona» - qizlardan tarkib topgan raqs dastasi o`z raqslari bilan ishtirokchilarga zavq ulashdi. Qizlarning kiyinish, kitobxonlik madaniyati bo`yicha taqdimot bo`lib o`tdi.

G.Mo`minova tayyorladi.

    Boshqa yangiliklar