1

Shifo maslahat: “QON TOMIRLARI TORAYGAN BO`LSA...”

Salomatlik 11.10.2017, 19:52
Shifo maslahat: “QON TOMIRLARI TORAYGAN BO`LSA...”

— Yoshim 30 da. Tez-tez boshim og`riydi. Tekshiruvlar natijasiga ko`ra boshdagi qon tomirlari toraygani aniqlandi. Kechalari qattiq og`riqdan uyg`onib ketaman. Nima qilishni maslahat berasiz?

Aziza, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Bo`yindan miyaga tutashgan qon tomirlaridagi torayish ateroskleroz belgisi bo`lishi mumkin. Toraygan qon tomirlarida qon aylanishi buzilib, bosh sohasida og`riqni keltirib chiqaradi. Bu holatda imkon qadar qon tomirlarining yanada torayib ketmasligiga ahamiyat berish lozim.

Shuningdek, qon tomirlarining torayishi qonda xolesterin miqdorining ortib ketishidan ham sodir bo`ladi. Sizning vaziyatingizda terapevt shikofor ko`rigidan o`tib, so`ngra nevrolog mutaxassis nazoratida davolanishingiz kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1