Sochi shahrida bo`lib o`tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida MDHga raislik qiladigan navbatdagi mamlakat masalasi ko`rib chiqildi.
Umumiy qarorga muvofiq, 2018 yildan ushbu xalqaro tuzilmaga raislik Tojikiston Respublikasiga o`tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev shu munosabat bilan Prezident Imomali Rahmonni tabrikladi va ushbu mas`uliyatli vazifani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Davlat rahbarlari muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.






