1

Islom Karimov yurtdoshlarimizga yuksak mukofotlar topshirdi

Jamiyat 06.12.2013, 16:38
Islom Karimov yurtdoshlarimizga yuksak mukofotlar topshirdi
Prezident Islom Karimovning farmonigamuvofiq O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 22 yilligi arafasida mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan, davlatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini yanada mustahkamlashda o`rnak va namuna ko`rsatgan, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma`naviy-ma`rifiy hayotida alohida e`tiborga sazovor bo`lgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
 
Oqsaroyda 6 dekabr kuni ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo`ldi.

– Avvalambor, bugun mana shu muhtasham zaldasiz, azizlarni Konstitusiya kuni bilan tabriklab, sizlarga chuqur hurmatimni izhor etib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yangi-yangi omadlar tilashga ijozat bergaysiz, – dedi Islom Karimov. – Siz, muhtaram yurtdoshlarimizni davlat mukofotlari bilan shu bayram arafasida qutlash, tabriklash yaxshi bir odatga, an`anaga aylanib qoldi. Bugun mana shunday tantanali marosimda siz, azizlarga ana shu yuksak mukofotlarni topshirish men uchun sharafli vazifa bo`lib, sizlarning qatoringizda o`zimga ham katta xursandchilik etkazmoqda, desam, ko`nglimdagi gapni aytgan bo`laman.

Shu fursatdan foydalanib, sizlar bilan birgadavlat mukofotlariga sazovor bo`lgan barcha yurtdoshlarimizni bag`rimga bosib, ularni ham chin qalbimdan tabriklash menga chuqur mamnuniyat etkazadi, dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimiz, el-yurtimiz oldimizda turganbuyuk, yuksak maqsadlar sari, demokratik davlat, erkin jamiyat, obod hayot qurish yo`lida dadil qadamlar qo`yib, qo`lga kiritayotgan yutuq va marralar albatta barchamizga cheksiz g`urur va iftixor bag`ishlaydi.

Jahon miqyosida global iqtisodiy-moliyaviyinqiroz davom etayotganiga, bu inqirozning chuqur ta`siriga qaramasdan, O`zbekistonimiz taraqqiyot yo`lida dunyoda kamdan-kam davlatlar qatorida barqaror sur`atlar bilan rivoj topib borayotgani bugungi kunda o`zgalarning havasini tortmoqda, desam, ayni haqiqatni aytgan bo`laman.

Biz qo`lga kiritayotgan yutuqlar, avvalambor,iqtisodiyotimizning barqaror sur`atlar va dadil qadamlar bilan o`sib borayotganining natijasini har qadamda xalqimizning hayot darajasi va sifati tobora yuksalib, yurtimiz qiyofasi, shahar va qishloqlarimiz tobora obod bo`lib borayotganida ko`rish va kuzatish qiyin emas, deb ta`kidladi Prezidentimiz.

Bunday tub o`zgarishlarni turli-turlisohalarda – bu qishloq xo`jaligi, sanoat, qurilish va transport bo`ladimi, ta`lim-tarbiya, sog`liqni saqlash, ilmu fan, madaniyat va sport bo`ladimi, biznes sohasimi, sizlar mehnat qilayotgan barcha tarmoqlarda, hayotimizning bo`g`inlarida buning amaliy ifodasini ko`rish mumkin.

Shu bilan birga, hech kimga sir emas, bundayrivoj topish, taraqqiyot yo`lida jadal ilgarilab borish uchun avvalambor qancha-qancha og`ir mehnat qilish, qancha sinovlardan o`tish, kerak bo`lsa, qancha-qancha aql zakovat, mardlik va matonat, har birimizning o`z joyimizda bizga topshirilgan vazifani sidqidildan ado etishimiz talab qilinadi, desam, bu fikrga sizlar albatta qo`shilasiz, dedi davlatimiz rahbari. 

Bu masalaga chuqurroq qaraydigan bo`lsak, bizqo`lga kiritayotgan marralarning asosiy mezoni va omili – bu birinchi navbatda odamlarimizning o`zi, ularning dunyoqarashi, kayfiyati o`zgarayotgani, kim uchun, nima uchun mehnat qilayotganini chuqur anglab borayotgani, siyosiy va ijtimoiy saviyasi oshib borayotganining natijasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz. 

Bugun biz sizlarning timsolingizdaming-minglab mehnatchilarimizni – mirishkor dehqon va fermerlarimiz, sanoat korxonalari va qurilish maydonlarida fidokorona mehnat qilayotgan ishchi va muhandislarimiz, mehribon ustoz-murabbiylar va domlalar, jonkuyar shifokorlarimiz, ilm-fan, madaniyat va san`at, sport sohalaridagi yutuqlari bilan Vatanimizni dunyoga tanitayotgan insonlarning eng munosib namoyandalarini ko`ramiz.

Bular qatorida xalqimizning tinch mehnatini, osoyishta hayotini ko`z qorachig`idek asrashga bel bog`lagan, Vatan himoyasini o`zi uchun kasb deb biladigan mard va jasur o`g`lonlarimizning mas`uliyatli xizmatini alohida e`tirof etamiz, yuksak qadrlaymiz.

So`ngra Prezidentimiz Islom Karimov davlatmukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

– Bugun men sizlarning ochiq chehrangiz,baxtiyor ko`zlaringizni, sizlardagi baland ruhni ko`rib, ochig`ini aytsam, go`yoki o`zim ham mukofot olgandek xursand bo`lib turibman, – dedi Prezidentimiz. – Mening niyatim, tilagim bitta: ko`ksingizga yarashib turgan bu mukofotlar barchangizga buyursin, sizlarni yangi yangi zafarlarga ruhlantirsin. Halol mehnat bilan mana shunday yuksak qadr topish, elu yurtimiz ardog`ida bo`lish barchamizga nasib etsin. Vatanimizni, xalqimizni doimo Yaratganning o`zi asrasin! Barchangizga sihat-salomatlik, ishlaringizga rivoj, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Taqdirlanganlar yuksak e`tibori vag`amxo`rligi uchun Prezidentimiz Islom Karimovga samimiy minnatdorlik bildirdilar.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1