1

Shifo maslahat: “TILIM QOTIB QOLAYaPTI”

Salomatlik 12.10.2017, 10:48
Shifo maslahat: “TILIM QOTIB QOLAYaPTI”
— Ertalab uyqudan uyg`ongach, og`iz bo`shlig`imda tushunarsiz holat yuz beradi. Bir necha soniya tilim karaxt holga tushib qolgandek tuyuladi. Rosti, tilim bor-yo`qligini sezmayman. Quruqlashib, yutinishga ham qiynalaman. Ozroq suv ichganimdan so`ng o`tib ketadi. Kunning qolgan qismida hech qanday bezovtalik yo`q. Bu qand kasalligining boshlanishi emasmikan, deb o`ylab qoldim.

Nozima Dadaboeva, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— Yo`q, bu qandli diabet xastaligining alomati emas. Siz aytayotgan belgilar odatda gastrit yoki xolesistit belgisi sifatida qayd etiladi. Ertalab uyqudan uyg`ongach, tilning karaxt holatga tushishi, og`izda taxirlik kabi o`zgarishlar ro`y beradi. Qand kasalligida esa og`izning qurib qolishi faqat ertalab emas, balki kun davomida yuz berishi mumkin. Bezovtaliklarga aniqlik kiritish maqsadida gastroentrolog shifokor ko`rigidan o`ting. Parhezga rioya etib, ovqatlanish tartibini qayta ko`rib chiqsangiz, muammodan oson xalos bo`lasiz. Agar parhez yordam bermasa, undan keyingina dori preparatlariga o`tish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1