1

EI Nepalning barcha aviakompaniyalarini “qora ro`yxat”ga kiritdi

Dunyo 06.12.2013, 16:59
EI Nepalning barcha aviakompaniyalarini “qora ro`yxat”ga kiritdi
Evropa Ittifoqi Nepalda joylashgan barcha aviakompaniyalarga EIning 28 ta mamlakati ustidan parvozlarni amalga oshirishni taqiqladi.

Transport masalalari bo`yichaevrokomissar Siym Kallasning so`zlariga ko`ra, shu tarzda “xavfsiz bo`lmagan aviakompaniyalar ro`yxati” kengaytirilgan. 

"Nepaldagi parvozlar xavfsizligi sohasidagi hozirgi vaziyat, u erdagi barcha aviakompaniyalarni EI parvozlar xavfsizligi bo`yicha “qora ro`yxat”ga kiritishdan boshqa chorani qoldirmayapti. Biz bunday choralar fuqaro va yuk aviasiyasi sohasidagi parvozlar
xavfsizligini sezilarli darajada oshirishga yordam berishiga umid qilamiz”, - deya ta`kidlaydi evrokomissar.

Mazkur chora 2006 yil martida Evrokomissiya tomonidan ilk bor taqdim etilgan mavjud “qora ro`yxatga” 22-qo`shimcha bo`ldi. O`shanda ro`yxatga asosan Afrika mamlakatlarining 90 ta aviatashuvchisi kiritilgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1