AsosiySport

"Real" bosh murabbiyi Mbappening Superkubok finalida o‘ynashiga oydinlik kiritdi

Mutaxassisning aytishicha, frantsiyalik yulduzning "El-Klasiko"da ishtirok etishi ehtimoli bor.

'"Real" bosh murabbiyi Mbappening Superkubok finalida o‘ynashiga oydinlik kiritdi'ning rasmi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinda maydonga tushish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Mutaxassisning aytishicha, frantsiyalik yulduzning "El-Klasiko"da ishtirok etishi ehtimoli bor.

"Mbappe tez orada jamoa qo‘shiladi. Uning o‘ynashga tayyor yoki tayyor emasligini tibbiy shtab bilan birgalikda baholaymiz. Holati ancha yaxshilandi, mashg‘ulotlarda qatnashdi va o‘zini yaxshi his qilyapti. Uning maydonga tushish imkoniyati boshqa futbolchilarinikidan kam emas", — dedi Alonso o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe jarohati sabab Ispaniya Superkubogi yarim finalidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi. O‘sha bahsda "Real Madrid" Federiko Valverde va Rodrigoning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olgan. Hal qiluvchi uchrashuvda "qaymoqranglilar"ga "Barselona" raqiblik qiladi.

Ispaniya Superkubogi finali 12 yanvarga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 00:00 da Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi "Qirol Abdulla" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, Kilian Mbappe 2024 yil yozidan buyon "Qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu paytgacha "Real" safida 83 ta uchrashuvda 73 ta gol urib, 10 ta golli uzatma amalga oshirgan. Joriy mavsumda esa barcha musobaqalarda 24 o‘yinda 29 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Mbappening bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkin'ning rasmi

    Sport 20.02.2026 09:03

    Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkin

    "Barcelona" va "Paris Saint-Germain"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Santos FC" safida to‘p surayotgan Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkinligini bildirdi.

    'Anchelotti Neymarning JChdag'i ishtirokini shart deb bildi'ning rasmi

    Sport 17.02.2026 08:42

    Anchelotti Neymarning JChdag'i ishtirokini shart deb bildi

    Manbaga ko‘ra, mutaxassis futbolchining ayni paytdagi jismoniy tayyorgarligi va yuqori saviyada o‘ynashga tayyorligini asosiy mezon sifatida ko‘radi.

    'Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi'ning rasmi

    Sport 16.02.2026 14:02

    Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi

    Abdulqodir Husanovning Manchester City'ga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi.

    'UFC chempioni Tom Aspinall koʻzlarini operatsiya qildi.'ning rasmi

    Sport 11.02.2026 08:42

    UFC chempioni Tom Aspinall koʻzlarini operatsiya qildi.

    UFCning og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni Tom Aspinall Cyril Gangaga qarshi jangda olgan jarohati sabab ikkala ko‘zidan operatsiya qilindi.

    'Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasiga kiritildi.'ning rasmi

    Sport 10.02.2026 10:22

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasiga kiritildi.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Basaksehir” hujumchisi Eldor Shomurodov “Sofascore” tahlqiniga ko‘ra Superliganing 21-turida eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy oldi.

    'Oʻzbekiston Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan yakunladi'ning rasmi

    Sport 10.02.2026 08:32

    Oʻzbekiston Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan yakunladi

    Yopiq inshootdagi Osiyo chempionatida Oʻzbekistonlik atletlar 3 ta oltin va 1 ta kumush medal qoʻlga kiritdi.