AsosiyJamiyat

YoShLAR ITTIFOQI TOMONIDAN MARDIKOR BOZORLARIDAGI YoShLARNING FAOLIYaTI O`RGANILDI

'YoShLAR ITTIFOQI TOMONIDAN MARDIKOR BOZORLARIDAGI YoShLARNING FAOLIYaTI O`RGANILDI'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa hamda Shayxontohur tumanlarida mavjud bir martalik ish berish byurolarida mehnat qilayotgan yoshlar bilan suhbatlar o`tkazdi, deb xabar qilindi tashkilotning Facebookdagi rasmiy sahifasida.

«Bugungi kunda mardikor bozorlarida yoshlarning mehnat faoliyati rasmiylashtirilmagan. Mavsumiy ishlarda ishlovchi yoshlarning huquqlarini to`la darajada himoya qilib bo`lmaslik holatlari mavjud.

Suhbatlar davomida bir martalik ish berish byurolarida ishlayotgan yoshlar uchun kunlik ish haqqi engil ishlar uchun 50 ming so`mdan boshlanib, og`ir ishlar uchun 100 ming so`mgacha belgilanganligi aniqlandi», — deyiladi xabarda.

Jumladan, Yashnobod tumanidagi vaqtinchalik ishlarni tashkil etish byurosida 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar soni 40 nafarni tashkil etgan.

Ta`kidlanishicha, aksariyat yoshlarda kasb-hunar kolleji diplomi mavjud, ammo kollejni bitirgandan keyin hech qaerga ishga kira olishmaganligi uchun shu erda vaqtinchalik ishlamoqda. 36 nafar mavsumiy ishchilar Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtinchalik ro`yxatda turmaganligi sababli, Yashnobod tumani IIB xodimlari bilan ko`plab e`tiroz va muammolar kelib chiqayotganligini bildirishgan.

Uchtepa tumanida yollanma ishchilar (mardikor)ning aksariyati Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan ekanligi aniqlangan. Tumanda ishlab chiqarish korxonalari kamligi sababli Toshkent shahriga kelib mardikorchilik qilishmoqda.

Yoshlar yashash sharoitlari qoniqarli emasligi, bitta kvartirada 6-15 tacha bo`lib yashashlarini, yaxshi ish topish mushkulligini, agarda, ular ham o`zlari yashaydigan joylarda ish bilan ta`minlansalar, uylariga qaytishga tayyorligini aytishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar